realmadriduz.com
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:20
OFFICIAL REAL MADRID Telegram kanalimizga ulaning!
YANGILIK TASMASI
7 MAY 2022, 17:05

UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin «Real» hujumchisi Karim Banzemaning joriy mavsumdagi o‘yini haqida gapirdi. 

«Madrid klubi qanday qilib bu qadar ajoyib g‘alabaga erishganini faqat o‘zlaridan so‘rashingiz mumkin. Mening fikrimcha, Benzema — futbol tarixida mahorati eng kam qadrlangan futbolchi. U juda ajoyib hujumchi. Madridliklarda, shuningdek, Luka Modrich ham bor. Uning o‘yini yoshi o‘tgani sari yaxshilanib boryapti. 

Benzema kun sayin kattaroq e’tiroflarga sazovor bo‘lib bormoqda. Lekin u avval ham xuddi shunday kuchli o‘ynardi. Bir futbolchining shuncha gol kiritishi mumkinligi hayratda qoldiradi. U ba’zida imkonsizdek ko‘ringan joylardan gollar urib ketadi. 

«Real» — tajribali jamoa. Ha, ularga ba’zi uchrashuvlarda omad kulib boqdi, ammo bunday holat bir-nechta o‘yinda kuzatilishi mumkin, hamma bellashuvlarda emas», — dedi Cheferin. 

Eslatib o‘tamiz, «qirollik klubi»ning «Liverpul»ga qarshi final bellashuvi 28 mayda, Parijdagi «Stad de Frans»da bo‘lib o‘tadi.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek O‘qildi: 130

FIKRLAR

© RealMadridUz.Com— «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.