realmadriduz.com
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:39
OFFICIAL REAL MADRID Telegram kanalimizga ulaning!
YANGILIK TASMASI
8 MAY 2022, 21:31

«PSJ» futbolchisi Kilian Mbappe va «Real» transfer shartnomasi borasida kelisha olmayapti, deb xabar bermoqda «El Pais» nashri. 

Manbaga ko‘ra, «qirollik klubi» futbolchiga 180 mln yevro shartnoma imzolagani uchun bonus, yillik 40 mln yevro maosh va imidj huquqidan kelib tushadigan daromadlarning 50 foizini taklif qilyapti. 

Futbolchi va uning vakillari Madrid klubining imidj huquqi bilan bog‘liq taklifidan norozi bo‘lmoqda. Aynan shu masala tufayli 23 yoshli futbolchi bilan bitim tuzish qiyin kechmoqda. Mbappening agentlari ta’kidlashicha, kelgusi yildan fransuzning imidj huquqidan kelib tushadigan pullar 70 mln yevroni tashkil qiladi va bu pullarning yarmini klub bilan bo‘lishish ularning rejasida yo‘q. 

O‘z navbatida, «qaymoqranglilar» Mbappega bu qadar katta maosh va bonuslar taklif qilganda, imidj huquqidan foydalanish va bu orqali katta homiylarni jalb etishni maqsad qilgandi. 

«PSJ» esa Kilianga imidj huquqidan kelib tushadigan pullarni 100 foiz idora qilishiga ruxsat berishga tayyor. Fransiya milliy jamoasi hujumchisi ayni paytda ushbu masalada bosh qotiryapti. 

Avvalroq, parijliklar Mbappe bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishgani xabar qilingan, biroz o‘tib esa futbolchining onasi ushbu ma’lumotlarni rad etgandi.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek O‘qildi: 152

FIKRLAR

© RealMadridUz.Com— «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.