realmadriduz.com
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:44
OFFICIAL REAL MADRID Telegram kanalimizga ulaning!
YANGILIK TASMASI
9 MAY 2022, 10:39

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga 35-turidan o‘rin olgan «Atletiko» (0:1) bilan o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

«Hozir g‘azablanish vaqti emas, garchi birinchi bo‘limdan unchalik mamnun bo‘lmasam ham. Mag‘lub bo‘ldik, ammo ularda psixologiya masalasi hal qiluvchi edi. Shubhasiz, «Atletiko»da bu ustunlik bor edi va bu normal emas. 

Bizga ochko kerak emasdi, lekin yaxshi o‘ynashni xohladik. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirishga yaqin keldik. 

Muammolarning oldini olish va kamroq o‘ynaganlarga o‘yin vaqtini berish ustuvor vazifa edi.

Simeone? U salomlashdi va meni tabrikladi, hammasi joyida. 

Bizda YeCHL finaliga tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarli vaqt bor. Barcha o‘yinchilar qaytishadi. Kuch, taktik ish bilan shug‘ullanamiz... 

Hammasi odatdagidek, hech qanday maxsus narsa yo‘q. Hozirda eng yaxshi variant bu — qilayotgan ishimizga imkon qadar kamroq aralashish», — deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi Marca.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek O‘qildi: 114

FIKRLAR

© RealMadridUz.Com— «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.