realmadriduz.com
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:47
OFFICIAL REAL MADRID Telegram kanalimizga ulaning!
YANGILIK TASMASI
9 MAY 2022, 10:39

«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone La Liga 35-turidan o‘rin olgan «Real» (1:0) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Atletiko» uchun hech narsa kafolatlanmagan, chunki hali to‘planishi kerak bo‘lgan ochkolar ko‘p va bizni 3ta juda qiyin raqib kutib turibdi.

«Real»ga qarshi o‘yinni yakunlash uchun bizda ko‘p imkoniyatlar bo‘ldi, ammo kuch yetishmagani uchun buni uddalay olmadik. Gol urish uchun vaziyatlar bo‘ldi. O‘yinchilarga ishonishingiz kerak, ular imkoniyatlarni golga aylantira olishadi.

Futbol juda qiyin va biz mavsumni imkon qadar yaxshi yakunlay olishimiz kerak. Ushbu beqaror mavsumda muxlislar bizni doim qo‘llab-quvvatlashdi va bu — aql bovar qilmaydigan holat. Ular oldida oxirigacha javobgarmiz.

O‘yindan keyin Anchelotti bilan muloqot? Bahslar yakunida nafaqat Karlo, boshqa murabbiylar bilan ham salomlashdim: Bordalas, Marselino.

Anchelottining g‘alabada ham, mag‘lubiyatda ham o‘zini bir xil tutishiga qoyil qolaman», — deya Simeonening so‘zlarini keltiradi Marca.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek O‘qildi: 188

FIKRLAR

© RealMadridUz.Com— «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.