realmadriduz.com
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:35
OFFICIAL REAL MADRID Telegram kanalimizga ulaning!
YANGILIK TASMASI
10 MAY 2022, 23:55

«Chelsi» himoyachisi Antonio Ryudiger yangi mavsumni Ispaniya La Ligasida boshlaydi.

The Athletic xabariga ko‘ra, 29 yoshli germaniyalik futbolchi bugun, 10 may kuni «Real» bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolagan. Antonio yozgi transfer oynasida jamoa safiga borib qo‘shiladi. Futbolchi yangi jamoasida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Futbolchining shartnomasida tovon puli miqdori 400 million yevro etib belgilangan.

Qayd etilishicha, Ryudigerning Madrid klubidagi yillik maoshi soliqlardan tashqari 10 million yevroni tashkil etadi. Shuningdek, u madridliklar safiga erkin agent sifatida qo‘shilishi sababli bonusga ham ega bo‘ladi.

«Qirollik klubi» Chempionlar ligasi finalidan keyin ushbu transfer haqida rasman e’lon qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Ryudiger 2017 yilda «Roma»dan «Chelsi»ga o‘tib, 5 yil davomida London klubi sharafini himoya qildi.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek O‘qildi: 185

FIKRLAR

© RealMadridUz.Com— «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.