realmadriduz.com
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:45
YANGILIK TASMASI
1 IYUN 2022, 16:47

«Real» futbolchisi Garet Beyl o‘z «Instagram» sahifasi orqali klub bilan xayrlashdi. 

«Men bu xatni oldin va hozir men bilan o‘ynagan barcha jamoadoshlarim, murabbiylarim, «Real»dagi barcha xodimlar va meni shu vaqtgacha qo‘llab kelgan barcha muxlislar bilan xayrlashish maqsadida yozmoqdaman. 

Bu yerga 9 yil oldin «Real Madrid»da o‘ynash orzusini amalga oshirmoqchi bo‘lgan yosh yigit sifatida kelgandim. Bu faxrli libosni kiyish, ko‘kragimda bu ulkan belgining turishi, «Santyago Bernabeu»da o‘ynash, sovrinlar va ayniqsa Chempionlar Ligasi g‘olibligining bir qismi bo‘lish men uchun ulkan sharaf bo‘ldi. 

Hozir ortga qarab, orzu qilganimdan ham ko‘proq natijalarga erishganimni his qilmoqdaman. 

Klubning bir bo‘lagi bo‘lish va shu taxlit katta musobaqalardagi g‘alabalar mening hayotimdagi eng yorqin lahzalar bo‘ldi va ularni hech qachon unutmayman. 

O‘z navbatida, prezident Florentino Peres, Xose Anxel Sanchesga ushbu buyuk klubda o‘ynash imkoniyatini berganlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Birgalikda klub tarixida o‘chmas iz qoldiradigan ishlar qilishga erishdik. 

Bu sharaf edi. Rahmat! Olg‘a, Madrid!», — dedi uelslik futbolchi. 

Avvalroq, Beylga «Milan»dan qiziqish borligi haqidagi xabarlar chiqqandi.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek O‘qildi: 207

FIKRLAR

© RealMadridUz.Com— «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.