realmadriduz.com
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:34
YANGILIK TASMASI
3 IYUN 2022, 00:26

«Chelsi» himoyachisi Antonio Ryudiger faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettiradigan bo‘ldi.

«Real» klubi rasmiy sayti «Chelsi»ning germaniyalik himoyachisi bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishganini e’lon qildi. Futbolchi London klubidan Madrid jamoasiga erkin agent sifatida qo‘shilgan. U madridliklarning yozgi transfer oynasidagi ilk yangi o‘yinchisiga aylandi. 

Ryudiger 2017 yil «Roma»dan «Chelsi»ga o‘tib, 5 yil davomida klub sharafini himoya qildi U jami 203 o‘yinda maydonga tushib, 12ta golga mualliflik qilgan. «Aristokratlar» safida 5ta sovrin – Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Angliya kubogi, Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi JCH g‘olibiga aylangan.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek O‘qildi: 277

FIKRLAR

© RealMadridUz.Com— «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.