realmadriduz.com
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:56
YANGILIK TASMASI
5 IYUN 2022, 16:16

«Real» UEFA Chempionlar Ligasidagi g‘alabaga qaramasdan, yozgi transferlar oynasi vaqtida katta o‘zgarishlar amalga oshirmoqchi. 

«Goal» nashrining ma’lum qilishicha, madridliklar yozda xaridlar uchun 400 mln yevro ajratishni maqsad qilgan. Katta maosh oluvchi futbolchilar Marselo, Garet Beyl va Iskoning jamoani tark etishi ortidan klubda bir qator futbolchilarni olib kelishga imkoniyat paydo bo‘ladi. 

Shuningdek, «qaymoqranglilar» joriy mavsum tarkibning asosini o‘tagan bo‘lsa-da, yoshi o‘tib borayotgan Luka Modrich, Toni Kroos, Karim Benzema, Kazemiro va Dani Karvaxalga o‘rinbosarlarni xarid qilmoqchi. Bundan tashqari, Karlo Anchelottining shaxsiy so‘roviga ko‘ra, jamoaga yana bir top darajadagi chap qanot himoyachisi olib kelinishi kutilyapti. 

Eslatib o‘tamiz, «qirollik klubi» «Chelsi» futbolchisi Antonio Ryudiger bilan erkin agent sifatida kelishuvga erishishga ulgurgan.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek O‘qildi: 339

FIKRLAR

© RealMadridUz.Com— «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.