realmadriduz.com
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 21:16
YANGILIK TASMASI
7 IYUN 2022, 18:42

Madridning «Real» klubi yozgi transfer oynasidagi ikkinchi transferini rasmiylashtirishga yaqin.

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, Madrid klubi «Monako» bilan Orelen Tchuameni transferi borasida kelishuvga erishgan. Qayd etilishicha, transfer qiymati 80 million yevroni, bonus esa 20 million yevroni tashkil etadi. Tomonlar hozirda kelishuvni rasmiylashtirish ishlari bilan band. 

Avvalroq, fransiyalik yarimhimoyachiga «PSJ», «Liverpul» va «Manchester Yunayted» ham da’vogarlik qilayotgani haqida xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, 22 yoshli futbolchi yakunlangan mavsum «Monako» safida 50 o‘yinda 5ta golga mualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, bungacha «Chelsi» himoyachisi Antonio Ryudiger erkin agent sifatida Madridga ko‘chib o‘tgandi.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek O‘qildi: 107

FIKRLAR

© RealMadridUz.Com— «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.