realmadriduz.com
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:05
YANGILIK TASMASI
12 IYUN 2022, 17:43

«Real» futbolchisi Marselo 15 yillik faoliyatidan so‘ng, madridliklarni tark etadi. 

Bu haqida «Real» rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari xabar berdi. 34 yoshli futbolchining «qirollik klubi» bilan amaldagi shartnomasi iyun oyi so‘ngida yakuniga yetadi. 

Ertaga braziliyalik futbolchining xayrlashuv marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu marosim «Syudad Real Madrid»da, Toshkent vaqti bilan 16:00da bo‘lib o‘tadi. 

Ma’lumot uchun, Marselo «qaymoqranglilar» safiga 15 yil avval kelib qo‘shilgandi. Klubda o‘tkazgan 15 yilida jami 25ta titul yutishga erishdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Real» afsonalaridan biri Fransisko Xentoni ortda qoldirdi.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek O‘qildi: 119

FIKRLAR

© RealMadridUz.Com— «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.