realmadriduz.com
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:22
YANGILIK TASMASI
17 IYUN 2022, 11:08

«Real» hujumchisi Karim Benzema Madrid klubidagi faoliyati haqida gapirib, hozircha jamoani tark etish niyati yo‘qligini bildirdi.

«Boshqa ligadagi jamoaga o‘tish? Yo‘q, chunki «Real» - jahonning eng yaxshi klubi. Qolaversa, La Ligadan kuchliroq chempionat bor deb o‘ylamayman», - deydi fransiyalik futbolchi Marca muxbiri savoliga javoban.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Benzema yakunlangan mavsum «Real» safida La Ligada 32 o‘yinda 27ta gol kiritib, chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, YeCHLda 12 bahsda 15ta gol kiritib, jamoasi bilan turnir bosh sovriniga ega chiqdi. Shu tariqa, Karim La Liga va Chempionlar ligasining yakunlangan mavsumidagi eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek O‘qildi: 163

FIKRLAR

© RealMadridUz.Com— «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.