realmadriduz.com
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:45
YANGILIK TASMASI
19 IYUN 2022, 10:55

«PSJ» Vinisius Juniorni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan, deb yozadi Marca.

2021 yil noyabridan 2022 yil martigacha parijliklar 21 yoshli vingerni Madrid klubi bilan shartnomasini uzaytirmaslikka ko‘ndirishga urinishgan.

«PSJ» braziliyalik futbolchiga yiliga 40 mln yevro maosh, shartnomaga qo‘l qo‘ygani uchun katta qiymatda bonus va Qatardagi tijorat loyihalarida ishtirok etishni va’da qilgan.

Avvalroq Vinisius «Real» bilan 2026 yilgacha yangi shartnoma tuzishi, maoshi 3,2 mlndan 10 mln yevroga oshishi xabar qilingandi.

Yarimhimochi va «qirollik klubi» o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2024 yilning iyunigacha amal qiladi.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek O‘qildi: 101

FIKRLAR

© RealMadridUz.Com— «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.