realmadriduz.com
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 21:07
YANGILIK TASMASI
20 IYUN 2022, 20:29

«Real» futbolchisi Rodrigo Neymar unga Braziliya milliy jamoasidagi 10-raqamni topshirishni va’da qilgani haqida gapirdi.

«Neymar menga: «Milliy jamoadan ketaman, 10-raqam seniki bo‘ladi» dedi. Ochig‘i, unga nima deb javob qaytarishni ham bilmay qoldim. Uning gaplaridan keyin xijolat ham bo‘lib, aytarli javob qaytara olmadim.

Keyin esa unga hali o‘ynashda davom etish kerakligini, uning milliy jamoadan hozir ketishini istamasligimni aytdim. U esa kuldi», - deydi «Real» yarimhimoyachisi Marca bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya milliy jamoasining 10-raqamli libosida Neymardan avval, Rivaldo, Ronaldino, Ziko va Pele singari futbol afsonalari to‘p surgan.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek O‘qildi: 101

FIKRLAR

© RealMadridUz.Com— «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.