realmadriduz.com
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:08
YANGILIK TASMASI
7 MAY 2022, 11:28

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Man Siti»ga qarshi YeCHL javob uchrashuvidan oldin shogirdlarini qanday ruhlantirganini aytib berdi.

Javob uchrashuvidan oldin «Real» murabbiylar shtabi barcha futbolchilarni yig‘ib, katta ekranda ularga jamoaning joriy mavsumda qayd etgan barcha kambeklari videosini namoyish etgan. 

«Ushbu videoda biz joriy mavsum ko‘rsatgan barcha kambeklar joy olgan va ular 8ta edi. Videolavhamiz «Yana bitta kambek yetishmayapti» so‘zlari bilan tugagan edi va biz yakunda yana bitta kambek amalga oshirdik», - deydi italiyalik mutaxassis Marca bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Madrid klubi muxlislari qarshisidagi javob bahsida «Siti» ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, ikki o‘yin natijasiga (6:5) ko‘ra, finalga yo‘llanma oldi.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek O‘qildi: 278

FIKRLAR

© RealMadridUz.Com— «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.